add

O‘zbekiston uch oydan buyon dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi bo‘lib qolmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida 11 tonna sof oltin sotdi. Jahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston uch oydan beri dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat sifatida qolmoqda.

O‘zbekiston uch oydan buyon dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi bo‘lib qolmoqda
Aprelda jahondagi markaziy banklar oltin zaxiralarini 12 tonnaga oshirdi. Bu ko‘rsatkich mart oyidagi o‘sishga nisbatan ancha past. Polsha 12 tonna oltin xarid qilgan holda yetakchilikni saqlab qoldi. Chexiya 3 tonna, Xitoy, Turkiya va Qirg‘iziston 2 tonnagacha, Qozog‘iston va Iordaniya esa 1 tonnagacha xarid qildi. O‘zbekiston esa ushbu davrda 11 tonna oltin sotgan. Yil boshidan beri mamlakat 26 tonna sof oltin eksport qilib, jahondagi mutlaq yetakchiga aylandi. Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna oltin sotgan holda Qozog‘istonni ortda qoldirgan. Mart oyida ham 11 tonna sotilib, yetakchilik saqlangan edi. Aprel oyida esa 1,91 mlrd dollarlik oltin eksport qilindi. Joriy yilning to‘rt oyi davomida jami 5,48 mlrd dollarlik qimmatbaho metallar sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga ko‘p. Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari ham rekord darajaga yetdi. Aprelda umumiy zaxiralar 1,4 mlrd dollarga ko‘payib, 49,25 mlrd dollarni tashkil etdi. Oltin zaxiralari 772,64 mln dollarga oshib, 37,65 milliard dollarga yetdi. Valyuta zaxiralari esa 10,33 milliard dollar miqdorida qoldi. Shuningdek, 2025 yilda birjada sotiladigan oltin hajmini oshirish va zergarlik markazlari uchun maxsus zaxiralar yaratish rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

Teglar

Mavzuga oid