O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Doha shahridagi uchrashuvda Ikki davlat mudofaa vazirlari mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi © Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov 21-may kuni Qatar poytaxti Dohaga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif doirasida u Qatar bosh vaziri o‘rinbosari hamda mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat delegatsiyalari mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar ko‘rib chiqdi. Shuningdek, mavjud sharoitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qo‘shma muvofiqlashtirish jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Teglar

Mavzuga oid