Logo

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida yana 11 ta ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi © Foto: president.uz

Cho‘lponota shahridagi «Ruh Ordo» madaniyat markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:

O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma;

«Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim;

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim;

Oliy ta’lim sohasidagi kreditlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim;

Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bayonnoma;

Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xo‘jaligi obyektlari to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;

2026–2027-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;

2026–2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi qo‘shma harakatlar rejasi;

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ton tumanida joylashgan «Bo‘ston» pansionati to‘g‘risida shartnoma;

2026–2027-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning I darajali «Manas» ordeni bilan taqdirlandi.

Teglar

Mavzuga oid