add

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya stajini o‘zaro tan oladi

18.08.2025 | 16:1532342

Endi ikki davlat fuqarolari qayerda ishlashidan qat’i nazar, ularning mehnat staji pensiya hisobida inobatga olinadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya stajini o‘zaro tan oladi
Kelishuv shartlariga ko‘ra, pensiya har ikki mamlakatda yashashidan qat’i nazar, fuqaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi. Shuningdek, ikki karra sug‘urta badallari to‘lanishini oldini olish uchun aniq tartiblar belgilandi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu hujjat nafaqat oddiy fuqarolar uchun, balki yirik iqtisodiy va infratuzilma loyihalarida ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xususan, «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» kabi qo‘shma loyihalarda ishlayotgan mutaxassislar uchun pensiya masalasi yengillashadi. Maqsad — fuqarolarga pensiya va sug‘urta olishda teng huquqlar yaratish, ikkilamchi to‘lovlarni bartaraf etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdir. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu kelishuv ikki davlat aholisi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini yanada shaffof va samarali qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya stajini o‘zaro tan oladi | Vaqt.uz