add

O‘zbekiston va Sent-Lyusiya diplomatik munosabat o‘rnatdi

Nyu York shahrida O‘zbekiston Karib dengizidagi orol davlat bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston va Sent-Lyusiya diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston Sent-Lyusiya orol davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu xaqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi. Agentligi xabariga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari nomidan qo‘shma kommyunike imzolandi. Hujjatga O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzo qo‘ydi. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi. Hujjat imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan aloqalarini kengaytirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Sent-Lyusiya bilan munosabatlar o‘rnatilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi diplomatik geografiyasini yanada kengaytirdi. Shu tariqa, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlatga aylandi.

Teglar

Mavzuga oid