add

O‘zbekiston va Yaponiya vizalarni yengillashtirishni muhokama qilmoqda

Tokio shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda vizaviy rejimni liberallashtirish, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish va masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Yaponiya vizalarni yengillashtirishni muhokama qilmoqda
2025 yil 28 may kuni Yaponiyaga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Yaponiya Tashqi ishlar vazirining parlament ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Hishasi Matsuomoto bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot va axborot xizmati. Suhbat chog‘ida tomonlar vizaviy rejimni yengillashtirish, humanitar va ishbilarmon doiralar o‘rtasida almashinuvni faollashtirish, xavfsizlikka oid tavsiyalarni qayta ko‘rib chiqish hamda mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Yaponiya vakilining ta’kidlashicha, ikki tomonlama aloqalar ijobiy sur’at bilan rivojlanmoqda. Yaponiya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkor sifatida ko‘radi va hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kuchaytirish niyatida. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari o‘rtasida muntazam va mazmunli muloqotni davom ettirishga tayyorlik tasdiqlandi. Bu ikki mamlakat munosabatlaridagi ochiq muloqot va konstruktiv hamkorlikning davomiyligini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid