add

O‘zbekiston Xitoy bilan sun’iy yo‘ldosh uchirishda ishtirok etadi

03.12.2025 | 17:551371 daqiqa

2026 yilda uchiriladigan ushbu cun’iy yo‘ldosh O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi va ekologik monitoring uchun sun’iy intellekt asosida ma’lumot olish imkonini beradi.

O‘zbekiston Xitoy bilan sun’iy yo‘ldosh uchirishda ishtirok etadi

1-dekabr kuni prezident ishtirokidagi yig‘ilishda mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ishlari va kosmik dasturlarni rivojlantirish muhokama qilingandi. Taqdimot chog‘ida «Samarqand-2028» sun’iy yo‘ldoshi loyihasi ko‘rib chiqilgan edi.

Loyiha doirasida sun’iy intellekt moduli ishlab chiqilib, g‘o‘za va don ekinlarining vegetatsiyasini aniqlashda milliy modeldan foydalanish rejalashtirilgan. Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekosning ta’kidlashicha, ushbu modul reaksiya vaqti va tasvirlarni qayta ishlash jarayonini sezilarli qisqartiradi. 22 ta spektr asosida amalga oshiriladigan tahlil natijalarni real vaqtda olish imkonini beradi.

2-dekabrda «O‘zbekkosmos» agentligi va «Star.Vision» o‘rtasida strategik memorandum imzolanib, kosmik texnologiyalarni rivojlantirishda hamkorlik kuchaytirildi. Kompaniya 2028 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z sputniklaridan birini «Samarqand-2028» deb nomlashga rozilik berdi.

Memorandumga ko‘ra, yo‘ldosh uchirilishida O‘zbekiston ham ishtirok etib, uning sun’iy intellekt modulini mahalliy mutaxassislar ishlab chiqadi. Giperspektral tasvirlar orqali olinadigan ma’lumotlar ekologik holatni baholash, qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish va boshqa sohalar uchun yuqori aniqlikda tahlil tayyorlash imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid