Logo

O‘zbekiston Xitoydan 24 ta qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin

2025-yil may oyida Pokiston Hindiston bilan mojaro chog‘ida J-10 qiruvchilaridan foydalangani haqidagi xabarlar ushbu modelga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirgan.

O‘zbekiston Xitoydan 24 ta qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin

O‘zbekiston Xitoyda ishlab chiqarilgan 24 ta J-10CE qiruvchi samolyotini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

«Defence Security Asia» nashrining xabar berishicha, ushbu kelishuv amalga oshsa, Toshkent harbiy aviatsiya sohasida Rossiya texnikasiga qaramlikni sezilarli darajada kamaytiradi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 21–22-iyul kunlari O‘zbekiston Havo mudofaa kuchlari Xitoyning to‘rtta J-10CE qiruvchisini qabul qilgan. Biroq hozircha Toshkent ham, Pekin ham mazkur yetkazib berish bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, shartnoma 24 ta samolyotni bosqichma-bosqich yetkazib berish, shuningdek, o‘zbekistonlik uchuvchilarni tayyorlashni ham o‘z ichiga oladi.

Nashrga ko‘ra, 2025-yilda ham O‘zbekistonga ikkita J-10CE qiruvchisi yetkazilgan.

Nega J-10CE tanlanmoqda?

«Defence Security Asia» qayd etishicha, J-10CE xalqaro bozorda nisbatan arzon va zamonaviy ko‘p vazifali qiruvchi sifatida e’tirof etilmoqda.

Bir dona samolyotning qiymati taxminan 40–50 million dollarga baholanadi. Bu ko‘rsatkich G‘arbning 4+ avlod qiruvchilari narxidan ancha past.

Nashrning yozishicha, 2025-yil may oyida Pokiston Hindiston bilan mojaro chog‘ida J-10 qiruvchilaridan foydalangani haqidagi xabarlar ham ushbu modelga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirgan.

Geosiyosiy signal

«Defence Security Asia» tahliliga ko‘ra, ehtimoliy kelishuv nafaqat O‘zbekiston harbiy salohiyatini oshiradi, balki Markaziy Osiyoda Xitoyning harbiy-sanoat ta’sirini ham kuchaytiradi.

Nashr mualliflari fikricha, bu Rossiyaning mintaqaviy qurol bozoridagi an’anaviy mavqeiga ta’sir qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston Xitoydan 24 ta qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin | Vaqt.uz