add

O‘zbekiston Yaponiyaga yutqazib chempionlikni boy berdi

28.07.2025 | 22:4050552

Toshkentda o‘tgan Mirobror Usmonov kubogining hal qiluvchi bahsida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqa g‘olibligini qo‘ldan chiqardi. Yaponlar barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Yaponiyaga yutqazib chempionlikni boy berdi
Toshkentda har yili o‘tkaziladigan Mirobror Usmonov xotira kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Joriy yilgi musobaqada O‘zbekiston, Yaponiya va Saudiya Arabistonining 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari ishtirok etdi. 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Bellashuvda yaponlar 2:0 hisobida ustunlikka erishib, mezbon jamoani mag‘lubiyatga uchratdi. Bu natijaga ko‘ra, barcha uchrashuvlarda zafar quchgan Yaponiya terma jamoasi musobaqa chempionligiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa uchinchi bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid