add

O‘zbekiston yo‘lovchi samolyotlar soni bo‘yicha MDHda uchinchi davlatga aylandi

13.05.2025 | 13:3025133

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida uchinchi yirik aviapark egasi sifatida qayd etildi. Aviakompaniyalar soni bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egallab, faoliyat ko‘lami kengayib bormoqda.

O‘zbekiston yo‘lovchi samolyotlar soni bo‘yicha MDHda uchinchi davlatga aylandi
Airfleets.net ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 6 may holatiga ko‘ra Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 96 ta aviakompaniya faoliyat yuritmoqda va ularning parkida taxminan 1100 ta samolyot bor. Bu ko‘rsatkichlar MDHda havo transporti sohasi nechog‘lik rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Rossiya 39 aviakompaniya va 748 samolyot bilan mutlaq yetakchi hisoblanadi. Undan so‘ng Qozog‘iston joylashgan. Qo‘shnilarimizning 10 ta aviakompaniyasi va 98 ta uchog‘i bor. Qozog‘iston, aviakompaniyalar soni bo‘yicha esa MDHda uchinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston esa aviakompaniyalar soni (12 ta) bo‘yicha MDHda ikkinchi o‘rinni egallagan. Samolyotlar soni (93 ta) bo‘yicha esa mamlakat 3-o‘ringa chiqdi. Bu natija O‘zbekistonning havo transporti sohasidagi islohotlar va aviasozlik infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi izchil harakatlar samarasi sifatida baholanmoqda. Qirg‘izistonda 9 aviakompaniya va 21 samolyot faoliyat yuritmoqda. Ozarboyjonda esa 2 aviakompaniya bor bo‘lib, ularning aviaparki 42 ta samolyotdan iborat. Turkmanistonda ham 2 aviakompaniya mavjud, lekin ulardagi samolyotlar soni 18 ta. Tojikiston esa faqat 1 aviakompaniyaga ega bo‘lib, uning tasarrufida 6 ta samolyot bor. Yirik aviakompaniyalar orasida Rossiyaning Aeroflot (166 samolyot), Rossiya (116) va S7 Airlines (71) kabi kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid