add

O‘zbekistonda 3500 nafar ona bolasiga aliment to‘lab kelmoqda

19.07.2025 | 14:0030043

O‘zbekistonda 3500 nafar ayol farzandini moddiy ta’minlash majburiyatini zimmasiga olgan. Bu holatlar bola vasiyligi otalariga berilgan taqdirlarda yuzaga kelmoqda. Aliment majburiyatlari ortgani barobarida onalar tomonidan to‘lov holatlari ham ko‘paymoqda.

O‘zbekistonda 3500 nafar ona bolasiga aliment to‘lab kelmoqda
Majburiy ijro byurosi (MIB) axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarmida aliment va moddiy ta’minot undiruvlari bo‘yicha ish yuritilayotgan hujjatlar soni 348 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2018 yildagi 240 mingtadan 45 foizga oshgan. MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, ushbu ijro hujjatlaridan 3500 tasi ayollar tomonidan bolalarini moddiy ta’minlash uchun aliment to‘lash bilan bog‘liq. Bunday holatlarda, odatda, sud qarori asosida bola vasiyligi otasiga berilgan bo‘ladi. Aliment to‘lovchi onalar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlari joylashgan. MIB ta’kidlashicha, har qancha kam uchraydigan bo‘lsa-da, onalar tomonidan aliment to‘lash holatlari oxirgi yillarda tobora ko‘payib bormoqda. Tashkilot bolalar huquqlarini ta’minlashda har ikki ota-onaning teng javobgarligini ta’minlashga intilayotganini ma’lum qildi. Buning uchun davlat ijrochilari aliment undiruvi bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Hozirda har bir davlat ijrochisi oyiga o‘rtacha 147 ta aliment va moddiy ta’minot ishi bilan shug‘ullanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid