add

O‘zbekistonda 8 oy davomida qurilish ishlarida o‘sish qayd etildi

23.09.2025 | 11:3011243

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–avgust oylarida qurilish sohasida 188,5 trln so‘mlik ishlar amalga oshirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,5 foizga o‘sish qayd etildi.

O‘zbekistonda 8 oy davomida qurilish ishlarida o‘sish qayd etildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi — 56,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va o‘sish sur’ati 123 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (21,4 trln so‘m), Samarqand (11,5 trln so‘m) va Buxoro viloyati (12 trln so‘m) qayd etildi. Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham 9–11 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Navoiy viloyatida esa ko‘rsatkich 96,6 foiz bo‘lib, pastlash kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha: 68,4 foizi binolar va inshootlar — 129 trln so‘m; 21 foizi fuqarolik ob’ektlari — 39,6 trln so‘m; 10,6 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari — 19,9 trln so‘mlik ishlar bajarilgan. Korxonalar turlari kesimida: Kichik korxonalar va mikro firmalar — 99 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmning 52,5 foizi; Norasmiy sektor hissasi — 46,7 trln so‘m umumiy hajmning 24,8 foizi Yirik qurilish tashkilotlari — 42,8 trln so‘m umumiy hajmning 22,7 foiz ishlar bajarilgan. Hududlar kesimida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (187,4 foiz), Jizzax (166,8 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (164,4 foiz) qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid