add

O‘zbekistonda 8 oyda iste’molchilarga 906 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘landi

06.10.2025 | 10:1524284

Joriy yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekiston fuqarolariga jami 976 mingta xarid cheki bo‘yicha 906,6 mlrd so‘m miqdorida keshbek qaytarildi.

O‘zbekistonda 8 oyda iste’molchilarga 906 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘landi
Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolarga 8 oyda to‘langan keshbek miqdori 900 mlrd so‘mdan oshib ketgan. Faqat avgust oyining o‘zida (26 sentyabr holatiga) 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarilgan. Amaldagi qonunchilikka binoan ayrim holatlarda keshbek hisoblanmaydi. Jumladan, tadbirkorning 1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lsa, soliq hisobotlari taqdim etilmagan bo‘lsa, chek ma’lumotlari noto‘g‘ri ko‘rsatilsa yoki soliq axborot tizimiga yuborilmagan bo‘lsa, keshbek to‘lanmaydi. Shu sababli faqat avgust oyida 35 mln chek bo‘yicha 38 mlrd so‘m keshbek rad etilgan. Qonunga ko‘ra, keshbek iste’molchi tomonidan onlayn NKM orqali «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan keyin to‘lab beriladi. Tadbirkorlik sub’ektlari hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi va qarzdorlikni kamaytirishi jarayoni real vaqtda kuzatib boriladi. Iste’molchi «Soliq» ilovasi orqali qaysi chek bo‘yicha keshbek rad etilgani yoki tasdiqlanmaganini oson bilib olishi mumkin. Keshbek olishga oylik chegaralar ham belgilangan: 1 foiz keshbek — oylik xarid summasi BHMning 60 baravari (24 mln 720 ming so‘m)dan oshmagan hollarda 247 ming 200 so‘mgacha; 12 foiz keshbek — «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dagi shaxslar uchun BHMning 10 baravarigacha (4,12 mln so‘m) xaridda 441 ming 428 so‘mgacha. Mazkur tizimdan ko‘zlangan maqsad nafaqat chek talab qilishni rag‘batlantirish, balki iqtisodiy shaffoflikni kuchaytirish va soliq tushumlarini oshirishdir.

Teglar

Mavzuga oid