Logo

O‘zbekistonda aholi daromadlari yarim yilda 618 trln so‘mdan oshdi

Kecha 12:301 daqiqa

2026-yilning olti oyida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan umumiy daromad 16,1 mln so‘mga yetdi.

O‘zbekistonda aholi daromadlari yarim yilda 618 trln so‘mdan oshdi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 618,3 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarda keltirildi.

Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, inflatsiya ta’siri hisobga olinganda, aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 foizni tashkil etgan. Bu aholi daromadlari narxlar o‘sishidan yuqori sur’atda oshganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, joriy yilning dastlabki olti oyida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan umumiy daromad 16,1 mln so‘mga yetgan.

Jon boshiga daromad ham oshdi

Statistikaga ko‘ra, aholi jon boshiga umumiy daromadning nominal o‘sishi 14,5 foizni tashkil etgan. Inflatsiya hisobga olingan holda esa real o‘sish sur’ati 7,3 foiz bo‘lgan.

Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda aholi daromadlari o‘sishi davom etayotganini ko‘rsatsa-da, uning hududlar kesimidagi tafovutlari saqlanib qolmoqda.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 91,1 ming so‘mni tashkil etganini ma’lum qilgan edi.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda o‘rtacha oylik ish haqi 12 mln 13,9 ming so‘mga yetgan. Keyingi o‘rinni Navoiy viloyati egallab, bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 8 mln 722,7 ming so‘mni tashkil qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda aholi daromadlari yarim yilda 618 trln so‘mdan oshdi | Vaqt.uz