
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish sanasi belgilandi
22.09.2025 | 10:3036863
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish tadbiri 2026 yil boshida o‘tkaziladi. Bu jarayonda mamlakatda aholini to‘liq qamrab olinadi va aniq statistik ma’lumotlar bazasini shakllantiriladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar amalga oshiriladi. Tadbir 15 yanvar holatiga ko‘ra tashkil etilib, unda aholi soni, turmush sharoiti hamda qishloq xo‘jaligi resurslari hisobga olinadi.
Mazkur jarayonni muvofiqlashtirish uchun respublika komissiyasi tuziladi. Shu bilan birga, tuman va shaharlarda maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning ishi qat’iy nazorat qilinadi.
Ro‘yxatga olish jarayonida «mahalla yettiligi» tizimi xodimlari ham faol ishtirok etadi. Ular 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 1 martgacha davrda planshetlar orqali ma’lumot yig‘ish ishlarini amalga oshiradi. Bu jarayonni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda tashkil qiladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026 yil 15–31 yanvar kunlari o‘z tizimidagi barcha xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart qilib belgilandi.
Aholini ro‘yxatga olish 37 yil ortga surilgan jarayon. O‘zbekiston biror marta aholini ro‘yxatdan o‘tkazmagan yagona postsovet davlati. Rejalar bir necha bor elon qilingan, hatto 2022 yilda Jahon bankidan 50 mln dollar kredit ham olingan. Biroq jarayon pandemiya, mablag‘ yetishmasligi va tashkiliy sabablar bilan ortga surilib kelmoqda.





