add

O‘zbekistonda aviachiptalar narxi qimmatligiga sabab — aviakerosin tanqisligi

26.07.2025 | 08:3027344

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi aviachiptalar narxi yuqoriligining asosiy sababi — aviayonilg‘i tanqisligi. Ayni paytda bozorda raqobat cheklanmagan, ammo yoqilg‘i narxi yuqori ekani qayd etilmoqda.

O‘zbekistonda aviachiptalar narxi qimmatligiga sabab — aviakerosin tanqisligi
O‘zbekistonda 2025 yil fevralida aviachiptalar narxi 22,4 foizga oshgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining aksilmonopol nazorat va narxlar siyosati bo‘limi rahbari Komiljon Davlatov Kun.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi oylarda bu o‘sish qisman bosilgan. U aviayonilg‘i aviachipta narxining yarmidan ko‘pini tashkil qilishini ta’kidladi. Mavjud muammolar Prezident Administratsiyasida muhokama qilingan va chipta narxlarini pasaytirish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Davlatovning ta’kidlashicha, aviakompaniyalar ichki reyslar sonini oshirishdan manfaatdor emas, chunki bu yo‘nalishlar ziyonli sanaladi. Aviakerosin narxi yuqori ekaniga qaramay, Davlatov bu bozorda raqobat yo‘q deb bo‘lmasligini aytdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda beshta kompaniya aviayonilg‘i yetkazib beradi. Toshkent aeroportiga yetkazib berishda asosiy ulushga ega bo‘lganlar — Uzbekistan Airports va Uzbekistan Airways. Ular bozorning katta qismini nazorat qilmoqda. Saneg kompaniyasi ulushi esa 10 foizdan kam. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, ichki reyslarning rentabel emasligi aynan aviayonilg‘i qimmatligi bilan bog‘liq. Qo‘mita mazkur holatda yonilg‘i narxini tushirish bo‘yicha takliflarini bergan, ammo amaldagi narxlar aviakompaniyalarga ichki reyslarni kengaytirish imkonini bermayapti. 2025 yil mart oyida Uzbekistan Airways rahbari Shuhrat Xudoyqulov Prezident tomonidan chipta narxini ko‘tarmaslik va narxlar shakllanishini nazorat qilish yuzasidan topshiriq berilganini ma’lum qilgan edi. May oyida esa Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi yo‘lovchi aviakompaniyalarini sun’iy chipta tanqisligi yaratish xavfi bo‘yicha rasman ogohlantirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid