add

O‘zbekistonda avto boshqaruviga ishonchnoma qoidalari o‘zgarmoqda: eksport huquqi alohida ko‘rsatiladi

23.07.2025 | 09:3012373

Avtomobilni ishonchnoma orqali boshqarishda xorijga olib chiqish huquqi aniq belgilanishi kerak, deb hisoblamoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bunga ishonchnoma orqali xorijga olib chiqilgan avtolarning qaytarilmasligi holatlari ko‘paygani sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda avto boshqaruviga ishonchnoma qoidalari o‘zgarmoqda: eksport huquqi alohida ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish tartibiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Xususan, ishonchnoma blankida avtoni respublika tashqarisiga olib chiqish huquqi alohida belgilanishi zarurligi aytilmoqda, deb yozmoqda Spot. Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday choralar avtotransport egalari huquqlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Chunki so‘nggi paytlarda ishonchnoma bilan boshqa shaxslar tomonidan avto vositalarni chet elga olib chiqib, qaytarmaslik holatlari keskin ko‘paygan. 2024 yil davomida kamida 50 ta avtotransport ishonchnoma asosida chetga chiqarilgan va qaytarilmagan. Faqat iyun oyining o‘zida 8 shunday holat qayd etilgan. Shu sababli, yangi tartibda ishonchnomada albatta «chegaradan olib chiqish huquqi bor» yoki «yo‘q» degan javob alohida katakda ko‘rsatilishi kerak. Taklif etilayotgan qarorga ko‘ra, bu talab faqat ishonchnoma shakliga emas, balki avtomototransport bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydigan me’yorlarga ham kiritiladi. Fuqarolar 5 avgustga qadar Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali ushbu hujjat loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil sentyabridan boshlab ishonchnomalar YAIDXP orqali rasmiylashtirila boshlagan, 2023 yil noyabridan esa elektron ishonchnoma qog‘oz varianti bilan teng yuridik kuchga ega, deb topilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda avto boshqaruviga ishonchnoma qoidalari o‘zgarmoqda: eksport huquqi alohida ko‘rsatiladi | Vaqt.uz