O‘zbekistonda bank kartalari soni ilk marta 70 mln donadan oshdi

Bugun 18:402 daqiqa

Aprel oyida bankomatlar va terminallar soni biroz o‘sgan bo‘lsada, bank kartalari soni sezilarli ko‘paydi.

O‘zbekistonda bank kartalari soni ilk marta 70 mln donadan oshdi © vaqt.uz

Aprel oyida O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni ilk marta 70 mln donadan ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Oy davomida bank kartalari soni 4,3 foizga yoki qariyb 3 mln donaga oshdi. Natijada kartalarning umumiy soni 72,7 milliontaga yetdi.

Kartalar o‘sishiga asosiy ta’sirni Tenge bank (+715 ming), TBC bank (+673 ming), Xalq banki (+363 ming), Hamkorbank (+317 ming) va Uzum Bank (+273 ming) ko‘rsatdi.

Asaka bank (-36,5 ming), Garant bank (-13,0 ming) va Orient Finans bank (-5,3 ming) tomonidan chiqarilgan kartalar soni esa kamaydi.

Kartalar soni bo‘yicha Xalq banki hamon katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.

1

Aprelda banklar o‘rnatgan to‘lov terminallari soni 1,5 mingtaga oshib, deyarli o‘zgarmasdan qariyb 444 mingtani tashkil qildi.

Shunga qaramay, Hamkorbank (+3 003), Aloqabank (+840), Turonbank (+528) va Xalq bankining (+523) terminallari sezilarli ko‘paygan bo‘lsa, Agrobank (-5 090), Ipoteka-bankda (-545) keskin pasayish kuzatildi.

Bankomatlar sonida ham o‘sish qayd etildi. Oy davomida ularning soni 736 taga ko‘payib, 45,5 mingtani tashkil qildi.

Eng katta o‘sish Uzum Bank (+43), Milliy bank (+24), Universal bank (+14), Asaka bankda (+8) sodir bo‘ldi. Eng katta pasayish esa Kapitalbank (-43) va Mikrokreditbankda (-29) qayd etildi.

Terminallar orqali tushumlar keskin oshdi

Aprel oyida to‘lov terminallari orqali tushumlar sezilarli o‘sib, 48,4 trln so‘mga yetdi. Avvalgi uchta oyda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 43 trln so‘mdan bo‘lib kelayotgan edi.

Shu tariqa, 1-may holati bo‘yicha to‘lov terminallari orqali tushumlar 177,5 trln so‘mni tashkil qilmoqda.

Terminallar orqali tushumlar va bank kartalari soni aprel oyida sezilarli oshishiga qisman 1-apreldan naqdsiz to‘lovlar tizimi yo‘lga qo‘yilgani sabab bo‘lishi mumkin.

Teglar

Fozil Qambarov

Fozil QambarovMaqolalar soni: 174

Barchasi

Mavzuga oid