O‘zbekistonda davlat binolari uchun yangi energiya standarti joriy etiladi

Bugun 12:352 daqiqa

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekistonda davlat binolari uchun yangi energiya standarti joriy etiladi © Халқ сўзи

O‘zbekistondagi davlatga qarashli bino va inshootlarda energiya samaradorligining «S» va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritilmoqda. Bu kecha, 29-aprel qabul qilingan «2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Energiya samaradorligi bo‘yicha «C» toifasi – bu maishiy texnika va uskunalarning energiya iste’moli darajasini ko‘rsatuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichdir.Xalqaro va O‘zbekistonda qabul qilingan energiya markirovkasi tizimida («A+++» dan «G»gacha) «C» sinfidagi qurilmalar juda tejamkor bo‘lmasa-da, juda ko‘p energiya ham sarflamaydi (o‘rtachadan yaxshiroq). «A», «A+», «A++» sinflariga nisbatan energiyani ko‘proq iste’mol qiladi, lekin «D», «E», «F», «G» sinflariga qaraganda samaraliroq. Bu energiya samaradorligi past bo‘lgan eski texnikalarga nisbatan zamonaviyroq va tejamkor hisoblanadi.

Kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish

Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida ko‘rsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

2026-yil 1-oktabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida energiya iste’molini va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda davlat binolari uchun yangi energiya standarti joriy etiladi | Vaqt.uz