O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

19.02.2026 | 14:552 daqiqa

2026 yildan yuridik shaxslar dronlarni import qilish, ishlab chiqarish va foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab korxonalarga dronlardan foydalanish, ularni import qilish va ishlab chiqarishga rasman ruxsat beriladi. Bu haqda 2026 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmonida belgilangan. Hujjatga ko‘ra, fuqaro aviatsiyasi sohasida uchuvchisiz uchish uskunalaridan foydalanish tartibi liberallashtiriladi.

Farmonga asosan, kompaniyalarga dronlar va ularning ehtiyot qismlarini respublika hududiga olib kirish huquqi beriladi. Shuningdek, mamlakat ichida uchuvchisiz qurilmalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Barcha jarayonlar litsenziya va tegishli sertifikatlar asosida amalga oshiriladi.

Havo hududlari turlarga bo‘linadi

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mamlakat havo hududi «yashil», «sariq» va «qizil» zonalarga ajratiladi. Bu orqali dronlar parvozi aniq tartibga solinadi va ehtimoliy xavflar kamaytiriladi.

Parvozlarni monitoring qilish uchun yagona raqamli nazorat tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash va dronlarni boshqarish bo‘yicha maxsus guvohnomalar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligida ham yangi bosqich boshlanadi. 2026 yil mart oyidan suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan yangi mexanizm ishga tushiriladi. Unda dronlar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish rejalashtirilgan. Bu agrosektorda samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda suv isrofini kamaytirish va hisob-kitobni aniqlash uchun dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Teglar

Mavzuga oid