add

O‘zbekistonda hafta davomida +37 darajagacha issiq kuzatiladi

02.09.2025 | 14:3037692

Hafta davomida mamlakat bo‘yicha bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanishini ma’lum qilindi. Ayrim joylarda harorat +37 darajagacha yetishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda hafta davomida +37 darajagacha issiq kuzatiladi
O‘zgidromet ma’lumotlarga ko‘ra, 2–3 sentyabr kunlari respublikaning katta qismida havo +31...+34 daraja atrofida bo‘ladi, kechasi va ertalab +13...+18 darajagacha pasayadi. Shamol ba’zi joylarda sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kechishi mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida havo yanada isiydi. Kunduzi harorat +35...+37 darajaga ko‘tariladi. Shu kunlarda ham asosan quruq va kam bulutli ob-havo hukm suradi, faqat respublikaning shimolida bulutlilik ortadi, ammo yomg‘ir kutilmaydi. Toshkent shahrida ham ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esishi kutilmoqda. 2 sentyabrda ba’zi joylarda shamol sekundiga 10–12 metrgacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Poytaxtda harorat 2–3 sentyabr kunlari kunduzi +31...+33 daraja, 4–5 sentyabrda esa +35...+37 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo avval +16...+18 daraja atrofida bo‘lsa, keyinchalik +20...+22 darajagacha ko‘tarilishi ehtimol qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid