O‘zbekistonda hafta oxirigacha havo 38 darajagacha ko‘tariladi

Bugun 12:551 daqiqa

Hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi, cho‘l va shimoliy hududlarda esa kuchli shamol hamda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta oxirigacha havo 38 darajagacha ko‘tariladi © vaqt.uz

O‘zgidromet 12-15- may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Seshanba kuni kunduzi mamlakat hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida, shuningdek respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati +25...+28 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida +30...+33 darajagacha bo‘ladi.

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kundan-kunga ko‘tariladi. 15-may kuniga kelib kunduzi havo +32...+35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +36...+38 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 12-15-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 12-mayda +25...+27 daraja bo‘ladi, 13-15-mayda +32...+34 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda hafta oxirigacha havo 38 darajagacha ko‘tariladi | Vaqt.uz