add

O‘zbekistonda haftaning oxirida harorat sovishi kutilmoqda

17.10.2025 | 13:0015053

18 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston hududiga shimoliy-sharqdan salqin havo oqimi kirib keladi.

O‘zbekistonda haftaning oxirida harorat sovishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni mamlakat bo‘ylab iliq va quruq havo saqlanadi. Kunduzgi harorat +23…+28 darajani, shimolda esa +20…+25 darajani tashkil etadi. 18 oktyabr kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keladi. Buning natijasida harorat kunduzgi vaqtda asta-sekin pasayib, 18 oktyabrda +21…+26 daraja, shimolda +15…+20 daraja bo‘ladi. 19 oktyabr kuni esa havo yanada sovib, +18…+23 daraja, shimoliy hududlarda esa +13…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tungi harorat ham pasayib, mamlakat bo‘ylab +6…+11 daraja, shimolda esa +3…+8 darajagacha tushishi mumkin. Shu bilan birga, haftaning oxirida asosan quruq havo saqlanishi, faqat 18 oktyabr kechqurun Buxoro va Navoiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli borligi aytilgan. 19 oktyabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li joylarda esa qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi. Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol sekundiga 3–8 metr atrofida bo‘ladi. Harorat juma kuni +25…+27 daraja, shanba kuni +23…+25 daraja, yakshanba kuni esa +19…+21 daraja bo‘ladi. Tungi harorat +8…+10 darajagacha pasayadi.

Teglar

Mavzuga oid