add

O‘zbekistonda har to‘rtinchi fuqaroning bankdan qarzi bor

O‘zbekistonda bank kreditidan foydalanuvchi fuqarolar soni 2024 yil yakuniga kelib 4,7 mln nafarga yetdi. Bu mehnatga layoqatli aholining har to‘rttadan bittasida qarz borligini anglatadi.

O‘zbekistonda har to‘rtinchi fuqaroning bankdan qarzi bor
O‘zbekistonda bank krediti oluvchi fuqarolar soni yil sayin ortib bormoqda. 2020 yil boshida har 1 000 mehnatga layoqatli shaxsdan 100 nafardan ko‘prog‘ida qarz mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 224 nafarga yetgan. bugungi kunda mamlakatda qarzi bor shaxslar soni 4,7 million nafarni tashkil qilmoqda. Bu mehnatga layoqatli aholining taxminan 22,4 foizini tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hisob-kitoblar faqat mehnatga layoqatli aholi orasida amalga oshirilgan. Ya’ni, erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha va ayollar 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan toifalar inobatga olingan. So‘nggi yillarda iste’mol krediti, avtokredit va ipoteka kabi turli qarz vositalarining ommalashuvi aholining bank tizimiga ko‘proq murojaat qilishini ta’minlamoqda. Bu jarayon aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotganini ham ko‘rsatadi. Biroq mutaxassislar aholining ortib borayotgan qarz yuki kelgusida moliyaviy barqarorlikka xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bu ayniqsa daromadi kam qatlam va noto‘liq band aholi uchun muhim muammoga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, to‘lov intizomi, kredit ta’lim va moliyaviy savodxonlik darajasi aholining qarz yukini qanday boshqarishini belgilab beradi. Mutasaddilar ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda har to‘rtinchi fuqaroning bankdan qarzi bor | Vaqt.uz