add

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish hajmi 24,4 trln so‘mga yetdi

10.10.2025 | 15:3026083

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida kiyim ishlab chiqarish 16,9 foizga o‘sib, so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish hajmi 24,4 trln so‘mga yetdi
2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 24,4 trillion so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 16,9 foizga yuqori, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda tikish va yengil sanoat sohasi mamlakat eksport salohiyatini oshirishda muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Kiyim ishlab chiqarish hajmlarining ko‘payishi ichki bozor talabining ortishi hamda xorijiy sheriklar bilan kooperatsiya kengayganidan dalolat beradi. Hududlar kesimida eng katta ulushni Andijon viloyati qayd etgan — 9,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingilar orasida Namangan (2,7 trln so‘m), Toshkent viloyati (2,6 trln so‘m) va Toshkent shahri (1,8 trln so‘m) yetakchilik qilmoqda. Farg‘ona viloyatida 1,6 trln so‘mlik, Navoiyda 1,4 trln so‘mlik, Qashqadaryoda 1,1 trln so‘mlik, Buxoroda esa 1 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida 863,7 milliard, Surxondaryoda 437 milliard, Jizzaxda 419 milliard, Qoraqalpog‘istonda 333 milliard, Sirdaryoda 291 milliard va Xorazm viloyatida 288 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish amalga oshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid