
O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilmoqda
9 oyda tug‘ilgan yangi chaqaloqlar ichida o‘g‘il bolalar soni qiz bolalardan deyarli 23 mingtaga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Shundan, o‘g‘il bolalar – 343,6 ming (51,7 foiz), qiz bolalar – 321 ming (48,3 foiz) tani tashkil etgan.
Shuningdek, shahar joylarda – 319,3 mingta (48 foiz), qishloq joylarda – 345,3 ming (52 foiz) tug‘ilish qayd etilgan.
Mazkur davrda har mingta aholiga 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 mln 69 mingdan oshiq kishini tashkil etmoqda . (2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra)
Yanvar—sentabr oylarida mamlakatda 664,6 ming bola tug‘ilgan. Mazkur ko‘rsatkich 2023 yil mos davridagi tug‘ilishlardan 52,3 ming nafarga, 2024 yil to‘qqiz oyidagidan 29,3 ming nafarga kam.





