
O‘zbekistonda osh damlash o‘rtacha qanchaga tushmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil yanvar oyi uchun «Palov indeksi»ni e’lon qildi.

2026 yil yanvar oyida O‘zbekiston hududlarida bir kilogramm palov tayyorlash uchun ketadigan o‘rtacha xarajatlar hisoblab chiqildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati hududlar kesimida 98 ming so‘mdan 116 ming so‘mgacha yetgan.
Qayd etilishicha, eng past qiymat Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelib, u yerda bir kilogramm palov tayyorlash 98 234 so‘mni tashkil etgan. Eng yuqori ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida qayd etilib, 116 128 so‘mga yetgan.
Hududlar kesimida qiymatlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston R. – 98 234 so‘m;
Andijon viloyati – 106 160 so‘m;
Buxoro viloyati – 107 931 so‘m;
Jizzax viloyati – 109 666 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 111 922 so‘m;
Navoiy viloyati – 109 697 so‘m;
Namangan viloyati – 108 617 so‘m;
Samarqand viloyati – 112 930 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 111 624 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 104 256 so‘m;
Toshkent viloyati – 112 607 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 115 413 so‘m;
Xorazm viloyati – 107 027 so‘m;
Toshkent shahri – 116 128 so‘m.
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun o‘rtacha quyidagi mahsulotlar hisobga olingan:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
piyoz – 300 g;
mol go‘shti – 700 g;
sabzi – 1 kg;
guruch – 1 kg;
no‘xat – 100 g;
zira – 10 g;
osh tuzi – 20 g.
Ta’kidlanishicha, mazkur raqamlar bozor yoki oshxonada sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi. Unda tayyorlash jarayoni va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham qo‘shib hisoblanadi.





