add

O‘zbekistonda qariyb 282 ming YTT faoliyat yuritmoqda

Bugun 18:551181

Faoliyat yuritayotgan eng ko‘p yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda qariyb 282 ming YTT faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktabri holatiga O‘zbekiston bo‘ylab 281 ming 861 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich mamlakatda kichik biznes va xususiy tashabbuslar sektori barqaror o‘sishda ekanini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida YTTlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilib, bu yerda 37 ming 653 nafar tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (29 ming 559), Farg‘ona viloyati (28 ming 326) va Andijon viloyati (26 ming 834) turibdi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 25 ming 279, Qashqadaryo viloyatida 22 ming 833, Namanganda 20 ming 142, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 17 ming 248 nafar yakka tadbirkor hisobga olingan.

Bundan tashqari, Buxoroda 17 ming 216, Surxondaryoda 16 ming 655, Xorazmda 14 ming 711, Jizzaxda 9 ming 921, Sirdaryoda 8 ming 57 va Navoiy viloyatida 7 ming 427 nafar YTT faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yanvar–sentabr oylarida 62,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil qilingani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda qariyb 282 ming YTT faoliyat yuritmoqda | Vaqt.uz