add

O‘zbekistonda qaysi kasb vakillari eng ko‘p maosh olmoqda?

16.07.2025 | 14:305389

Statistika organlari va ochiq manbalar asosida tayyorlangan tahlilimizda O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng yuqori maosh olayotgani, respublikadagi qaysi viloyatda o‘rtacha daromad darajasi yuqori ekanligini ko‘rib chiqamiz.

O‘zbekistonda qaysi kasb vakillari eng ko‘p maosh olmoqda?
  So‘nggi yillarda texnologiya, moliya va logistika sohalari jadal rivojlanayotgani fonida ayrim kasb vakillari bir oyda topadigan maoshlar boshqa soha xodimlari bir yilda topadigan daromadga tenglashmoqda. Davlat statistika agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yakunida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 17,4 foizni tashkil qilgan. [caption id="attachment_9296" align="aligncenter" width="600"]Stat11 Infografika: Statistika agentligi[/caption]   O‘rta darajadan yuqori ish haqi oluvchilar Agentlik sharhida iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ayrim sohalardagi o‘rtacha oylik ish haqlari tahlil qilingan. Xususan, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi eng yuqori — 17,6 million so‘mni tashkil etgan. [caption id="attachment_9298" align="aligncenter" width="600"]Stat12 Infografika: Statistika agentligi[/caption] O‘rta darajada maosh oluvchilar Agentlikka ko‘ra, 2024 yil davomida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 14,4 million so‘mni tashkil etdi. Axborot va aloqa sohasi vakillariga o‘rtacha 12,4 million so‘m, tashish va saqlashga 7,7 million so‘m, sanoat sohasida 6,2 million so‘m to‘langan. [caption id="attachment_9308" align="aligncenter" width="600"]Stat13 Infografika: Statistika agentligi[/caption] Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyati xodimlari o‘rtacha 16 million so‘m oylik olgan. Shu bilan birga, quyidagi yo‘nalishlarda ish haqi o‘rtacha oylik miqdoridan yuqori bo‘lgan: [caption id="attachment_9307" align="aligncenter" width="600"]Stat14 Infografika: vaqt.uz[/caption]   O‘rtacha ko‘rsatkichdan kam ish haqi oluvchilar Yarim yil davomida taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 million so‘mni tashkil etgan. [caption id="attachment_9309" align="aligncenter" width="600"]Stat15 Infografika: Statistika agentligi[/caption] Sohaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy taʼlimda (8,1 million so‘m), eng past raqamlar maktabgacha taʼlimda (1,8 million so‘m) qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  tegishli farmoniga muvofiq  byudjet tashkilotlarida  ishlovchi xodimlarning ish haqi  miqdori 2025-yi 1 avgustdan boshlab- 10 foizga oshirilishi belgilandi. Bundan tashqari 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining  maoshi yana 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi 15 foizga oshiriladi. Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilandi. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,3 million so‘mni bo‘lgan. Shu bilan birga, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4,6 million so‘mni tashkil etgan. Mazkur sohada faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand viloyatida (5,2 million so‘m), eng past darajasi Sirdaryo viloyatida (1,5 million so‘m) bo‘lgan.   Qaysi viloyat vakillari eng ko‘p maosh oladi? 2025 yilning yanvar-mart oylariga ko‘ra hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan – 9,88 mln so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni esa 7,33 mln so‘m bilan Navoiy hamda 5,43 mln so‘m bilan Toshkent viloyatlari egallagan. Ish haqining eng kam miqdori esa 4,8 mln so‘m bilan Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan.   Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi:
  1. Toshkent shahrida – 9 mln 889 ming 100 so‘m;
  2. Navoiy viloyati – 7 mln 330 ming 900 so‘m;
  3. Toshkent viloyati – 5 mln 435 ming 600 so‘m;
  4. Andijon viloyati – 4 mln 874 ming 500 so‘m;
  5. Buxoro viloyati – 4 mln 763 ming 900 so‘m;
  6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 mln 672 100 so‘m;
  7. Sirdaryo viloyati – 4 mln 662 300 so‘m;
  8. Xorazm viloyati – 4 mln 580 ming 200 so‘m;
  9. Jizzax viloyati – 4 mln 370 ming 100 so‘m;
  10. Samarqand viloyati – 4 mln 353 ming 100 so‘m;
  11. Namangan viloyati – 4 mln 276 ming 900 so‘m;
  12. Surxondaryo viloyati – 4 mln 209 ming 100 so‘m;
  13. Farg‘ona viloyati – 4 mln 203 ming 000 so‘m;
  14. Qashqadaryo viloyati – 4 mln 079 ming 800 so‘m.
Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid