
O‘zbekistonda qurilish hajmi 105 trln so‘mga yaqinlashdi
19.10.2025 | 16:3035413
2025 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 42,8 trln so‘m, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan esa 62 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 42,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga yuqori.
Yirik korxonalarning ulushi jami qurilish ishlari hajmida 23,5 foizni tashkil etgan. Yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:2021 yil — 16,8 trln so‘m;
2022 yil — 21,6 trln so‘m;
2023 yil — 23,6 trln so‘m;
2024 yil — 34,6 trln so‘m;
2025 yil — 42,8 trln so‘m.
Shu bilan birga, yangi ob’ektlar qurilishida asosiy yuk kichik korxona va mikrofirmalar zimmasida bo‘lib qolmoqda. Ular tomonidan 2025 yil yanvar–avgust oylarida 62 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu jami qurilish ishlarining 46,1 foizini tashkil etdi.
Qurilish faoliyatining korxona turlari kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
yirik korxonalar — 23,5 foiz;
kichik korxona va mikrofirmalar — 46,1 foiz;
norasmiy sektor — 30,4 foiz.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, qurilish sohasidagi bu o‘sish mamlakatdagi investitsiya faolligining ortishi va shaharsozlik islohotlarining izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.





