
O‘zbekistonda qurilishlarning chorak qismi hali ham «soya»da qolmoqda
17.10.2025 | 18:2050422
2025 yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatda amalga oshirilgan qurilish ishlarining deyarli chorak qismi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 46,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga ko‘pdir.
Shu davr mobaynida norasmiy sektorning umumiy qurilish ishlaridagi ulushi 24,8 foizni tashkil etgan. Ya’ni mamlakatda amalga oshirilgan har to‘rtta qurilishdan biri rasmiy hisobga kirmagan holda bajarilgan.
So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Agar 2021 yilda norasmiy qurilish ishlari hajmi 12,5 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 13,9 trln, 2023 yilda 16,2 trln, 2024 yilda esa 39,3 trln so‘mga yetgan. 2025 yilda esa bu raqam 46,7 trln so‘mdan oshdi.
Mutaxassislar fikricha, norasmiy qurilish sektoridagi o‘sish sabablari qatorida litsenziyasiz faoliyat, kichik pudrat ishlarini hisobdan chiqarish va soliq yukidan qochish holatlari bor. Bu esa iqtisodiyotning shaffofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.





