add

O‘zbekistonda «super-muper» kontrakt bekor qilindi

25.09.2025 | 22:0037132

Avval imtihonda 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar ham ikki karra ko‘p pul to‘lab o‘qishi mumkin edi. Xalq tilida bu «super-muper» kontrakt, deb ham atalardi.

O‘zbekistonda «super-muper» kontrakt bekor qilindi
Endi 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar «super-kontrakt»ning ikki baravarini to‘lab oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-sonli qarorida nazarda tutilgan. 2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga muvofiq, davlat granti yoki oddiy kontraktdan chetda qolgan, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar ham o‘qishga kirishi mumkin edi. Faqat ulardan «super-kontrakt»ning ikki baravar qimmatini to‘lash talab qilingan. Amaliyotda bu tartib «super-muper» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Masalan, agar super-kontrakt miqdori 100 million so‘m bo‘lsa, abituriyent unga ikki baravar — 200 million so‘m to‘lab talabalikka qabul qilinishi mumkin edi. Biroq yangi qarori bilan mazkur imkoniyat bekor qilindi. Demak, endi 56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar umuman super-kontrakt orqali ham talabalikka kirolmaydi. Ta’kidlash joiz, 56,7 ball va undan yuqori to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt amalda qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid