add

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni 9,4 foizga oshdi

30.05.2025 | 16:454552

2025 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 6 380 tani tashkil etdi. Bu yil boshiga nisbatan 550 taga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 109,4 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni 9,4 foizga oshdi
Mazkur ko‘rsatkich Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ta’lim sohasi tadbirkorligi yil boshidan beri barqaror o‘sishga erishgan va mamlakat iqtisodiyotidagi ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Hududlar kesimida eng ko‘p tadbirkorlik sub’ektlari Toshkent shahrida qayd etilgan — 2 103 ta. Farg‘ona (560 ta), Toshkent viloyati (529 ta) va Samarqand viloyati (528 ta) ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Xorazm viloyatida 414 ta, Namanganda 359 ta, Surxondaryoda 353 ta va Andijonda 296 ta ta’limga ixtisoslashgan tadbirkor faoliyat olib bormoqda. Qashqadaryoda 258 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 237 ta, Buxoroda 231 ta va Navoiyda 216 ta shunday sub’ektlar mavjud. Jizzax viloyatida 173 ta va Sirdaryoda esa 123 taga teng. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda ta’lim sohasi orqali xususiy sektor faolligining o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Mutasaddilar ta’limdagi xususiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid