
O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy sud 2025 yil 2 sentyabr holatiga ko‘ra ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib etuvchi materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ro‘yxatda ijtimoiy tarmoqlardagi turli kanal va guruhlar, shuningdek nashidalar hamda ayrim kitoblar nomlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, mamlakat hududiga bunday kontentni olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish mutlaqo taqiqlanadi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan materiallar ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan. Shu sababli, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan duch kelgan elektron kitob, maqola va ilovalarni, tekshirilmagan foto va video materiallarni yuklab olmaslik hamda shubhali audiolarni tinglamaslikni so‘ragan.





