Logo

O‘zbekistonda yerlarni ijaraga berish muddati 49 yilgacha uzaytirilmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.

O‘zbekistonda yerlarni ijaraga berish muddati 49 yilgacha uzaytirilmoqda

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish muddati amaldagi 30 yildan 49 yilgacha uzaytirilmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga berishning eng ko‘p muddati ham 49 yil etib belgilanmoqda.

Yangi hujjatga ko‘ra, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligi yerlaridan ikkilamchi ijara huquqi asosida foydalanish tartibi o‘rnatilmoqda.

Bundan tashqari, noqishloq yerlar ijarasiga oid qoidalar soddalashtirilib, yerlarni auksion orqali ijaraga olishga va ushbu yerni qayta ijaraga berishga ruxsat etiladi. Yakka tartibdagi uy-joylar joylashgan yer uchastkasi esa ijara huquqi asosida berilishi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yerlarni ijaraga berish muddati 49 yilgacha uzaytirilmoqda | Vaqt.uz