O‘zbekistonda yil boshidan buyon sanoat korxonalari soni 2,2 mingtaga ko‘paydi
Sanoat korxonalarining beshdan bir qismi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Besh oyda sanoat ishlab chiqarish hajmi 505,9 trln so‘mga yetib, 7,9 foizga o‘sdi.
© Manba: Statistika qo’mitasi2026 yil 1-iyun holatiga ko‘ra mamlakatda 62 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda deb Milliy satatistika qo‘mitasi xabar berdi. Qiymat yanvar-mart oylarida 1,2 mingta, aprel-may oylarida 900 taga yetgan.
Faoliyat turi bo‘yicha sanoat korxonalari
Statistikaga ko‘ra, mamlakatda 12,4 mingta yoki jami sanoat korxonalarining 20 foiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Undan keyingi o‘rinlar quyidagicha:
● boshqa nometall mineral ishlab chiqarish –8,7 mingta;
● kiyim ishlab chiqarish – 6,2 mingta;
● tayyor metall buyum ishlab chiqarish – 5,1 mingta;
● mebel ishlab chiqarish – 4,3 mingta;
● to‘qimachilik – 3,8 mingta;
● rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqaruvchilar esa – 2,9 mingta tashkil etdi.
Statistik ma’lumotlar sanoat tarkibida iste’mol bozori va qurilish sektori bilan bog‘liq tarmoq ustunlik ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining eng katta ulushni egallashi ichki iste’mol talabining yuqoriligini aks ettirsa, nometall mineral mahsulot ishlab chiqarish korxonalarining ko‘pligi mamlakatda qurilish sohasidagi faollik bilan izohlanadi. Kiyim va to‘qimachilik tarmoqlarining yuqori ulushi esa O‘zbekistonda paxtani chuqur qayta ishlash bilan bog‘liq.
Hududlar kesimida
Sanoatning rivojlanishi hududlar kesimida bir xil emas. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning eng katta qismi Toshkent shahri (109,781ta), Toshkent (54,542 ta),Samarqand (53,457 ta), Farg‘ona (49,303ta) va Qashqadaryo(44,221 ta) viloyatlarida joylashgan. Bu hududlar rivojlangan infratuzilma, logistika imkoniyatlari, investitsiya muhiti hamda iste’mol bozoriga yaqinligi sababli sanoatning asosiy markazlari hisoblanadi.

Sanoat ishlab chiqarish hajmi 505,9 trln so‘mga yetdi
Korxonalar soni bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda. Statiskaga ko‘ra, 2026 yil yanvar-may oylarida 505,9 trln so‘m sanaot mahsuloti ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga ko‘pdir. Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy 128,5 trln so‘m bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri(81,7 trln so‘m) va Toshkent viloyati (80 trln so‘m) egalladi.
Respublika bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 13,2 mln so‘mni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha yetakchilik 115,4 mln so‘m bilan Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlarni esa Toshkent shahri ( 25,6 mnl so‘m) va Toshkent viloyati ( 25,3 mnl so‘m) bilan qayd etilgan.

Shuningdek, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati respublika bo‘yicha 5,9 foizga yetgan. Bu borada Jizzax ( 10 foiz), Samarqand (7,5 foiz).
Vaqt.uz avvalroq 2026 yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 61 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritayotgani haqida xabar bergan edi.
Diyora Xabibullayeva tayyorladi





