add

O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyot: 265 trln so‘mlik «ko‘rinmas» sektor

31.07.2025 | 17:2039753

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 32,9 foizi yashirin iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatildi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda norasmiy va yashirin faoliyat hajmining yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyot: 265 trln so‘mlik «ko‘rinmas» sektor
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilning dastlabki yarim yilligida yashirin iqtisodiyot hajmi 265 trln so‘mdan oshdi. Bu o‘z o‘rnida yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismini tashkil qiladi. [caption id="attachment_11288" align="aligncenter" width="630"]Yashirin iq01 Infografika: Statistika qo‘mitasi[/caption] Ko‘zdan yashirin iqtisodiyot ikki asosiy segmentga ajraladi:
  • Uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati — 201,3 trln so‘m (YAIMda ulushi 24,9 foiz);
  • Yashirin iqtisodiyot — 64,3 trln so‘m (YAIMda ulushi 8 foiz).
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot asosan quyidagi tarmoqlarda to‘plangan:
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 75,1 foiz;
  • Qurilish sohasi — 35,9%;
  • Xizmatlar sohasi — 35,2 foiz;
  • Sanoat — 10,5%.
Ushbu tahlil shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rasmiy statistika uchun «ko‘rinmas» bo‘lishda yetakchilik qilgan. O‘zbekistonning yashirin iqtisodiyoti 2024 yilda 505,65 trln so‘mni tashkil qilgan edi. Shundan norasmiy iqtisodiyot hajmi 383,64 trln so‘mga, yashirin iqtisodiyot esa 122 trln so‘mga teng bo‘ldi. Avvalroq, kichik bizneslar YAIMning deyarli yarmi hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida ma’lumot bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid