add

O‘zbekistonga o‘qishga kelayotgan xorijlik talabalar: statistika va prognozlar

04.08.2025 | 18:0047734

2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga oshgan.

O‘zbekistonga o‘qishga kelayotgan xorijlik talabalar: statistika va prognozlar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: Hindiston — 2780 nafar; Turkmaniston — 2622 nafar; Tojikiston — 1145 nafar; Xitoy — 459 nafar; Janubiy Koreya — 381 nafar; Pokiston — 348 nafar; Qirg‘iziston — 263 nafar; AQSH — 232 nafar; Afg‘oniston — 167 nafar; Turkiya — 161 nafar; Boshqa davlatlar — 988 nafar.   [caption id="attachment_11729" align="aligncenter" width="620"]Stat stud 01 Infografika: Vaqt.uz[/caption] Yillar kesimida xorijlik talabalar soni qanday o‘zgardi? Milliy statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 mingga yetgan. Quyidagi raqamlar yildan-yilga xorijlik talabalar sonining qanday o‘sib borayotganini aks ettiradi:
  • 2022/2023-o‘quv yili — 5,0 ming nafar;
  • 2023/2024-o‘quv yili — 10,8 ming nafar;
  • 2024/2025-o‘quv yili — 12,5 ming nafar.
Umuman olganda, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda tahsil olayotgan norezident talabalar soni 18 baravar oshdi.   Nega xorijiy talabalar O‘zbekistonni tanlamoqda? Xorijlik talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga jalb etayotgan asosiy omillar:
  • Nisbatan arzon ta’lim;
  • Rus va ingliz tillarida o‘qitish imkoniyati;
  • Nufuzli xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi;
  • Vizasiz kirish yoki soddalashtirilgan tartibdagi migratsiya siyosati.
  OTMlar uchun bu qanday foyda keltirmoqda?
  • Moliyaviy resurslar: Chet ellik talabalar tomonidan to‘lanadigan kontraktlar orqali daromad ko‘paymoqda.
  • Reytinglar va akkreditatsiya: Xalqaro talaba ulushi OTM reytinglariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Ta’lim muhitining boyishi: Ko‘p millatli muhit orqali akademik muhit madaniy va fikriy jihatdan boyimoqda.
  Kelajak prognozi
  • 2025–2030-yillar davomida xorijlik talabalar sonini 20 mingdan оширишрежалаштирилмоқда.
  • Bunda tibbiyot va IT bo‘yicha ixtisoslashgan universitetlar yetakchi rol o‘ynashi kutilmoqda.
  • Xalqaro akkreditatsiyalangan dasturlar, «double degree» (ikki diplomli) tizimi va chet ellik professorlar soni oshadi.
Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonga o‘qishga kelayotgan xorijlik talabalar: statistika va prognozlar | Vaqt.uz