add

O‘zbekistonliklar sug‘urta uchun qancha mablag‘ sarflashmoqda?

13.10.2025 | 18:0041992

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–avgust oylarida aholi va tashkilotlar tomonidan 7,7 trln so‘mlik sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonliklar sug‘urta uchun qancha mablag‘ sarflashmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sug‘urta xizmatlari hajmi 1,7 trln so‘mga o‘sgan. Bu mamlakatda sug‘urta bozori kengayib, moliyaviy xavfsizlik vositalaridan foydalanuvchilar soni ortib borayotganini ko‘rsatadi. Eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk hamda mulkni sug‘urtalash xizmatlari tashkil etdi — ularning umumiy ulushi 81 foizni tashkil qildi. Bu esa aholi va biznes orasida moddiy xavflardan himoya qilishga bo‘lgan talab yuqori ekanini anglatadi. Shu bilan birga, qayta sug‘urtalash xizmatlari jami hajmning 13,9 foizini, hayotni sug‘urtalash xizmatlari esa 5,1 foizini egalladi. Tahlilchilarga ko‘ra, hayotni sug‘urtalash segmenti hozircha kichik ulushga ega bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Muttaxassislar fikricha, raqamli texnologiyalar, onlayn-platformalar va yangi sug‘urta mahsulotlarining paydo bo‘lishi bozor faolligini yanada oshirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid