add

O‘zbekistonning 13 ta shahrida avtobuslarni Yandeks servisida real vaqtda kuzatish imkonli bo‘ldi

Endilikda O‘zbekistonning 13 ta shahrida yo‘lovchilar avtobuslarning joriy joylashuvi va kelishi vaqtlarini Yandex Go va Yandex Maps ilovalari orqali kuzatishlari mumkin. Bu transport harakatini rejalashtirishda katta qulaylik yaratadi.

O‘zbekistonning 13 ta shahrida avtobuslarni Yandeks servisida real vaqtda kuzatish imkonli bo‘ldi
O‘zbekiston Transport vazirligi va Yandex Uzbekistan hamkorligida mamlakatdagi yana 11 shaharda avtobuslarning harakatini real vaqtda kuzatish imkoni yaratildi. Ilgaridan foydalanish mumkin bo‘lgan Toshkent va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha ravishda ushbu funksiya Angren, Andijon, Buxoro, Jizzax, Guliston, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘ona shaharlarida ham faollashtirildi. Yo‘lovchilar Yandex Go yoki Yandex Maps ilovalari orqali kerakli avtobus joylashuvini bilishlari, uning belgilangan bekatga necha daqiqada yetib kelishini aniqlashlari va marshrutini raqami orqali topishlari mumkin. Shuningdek, avtobuslarning jadvali va bekatlari haqida ma’lumotlar ham taqdim etiladi. Bu yangilik transport vositalarining ichiga o‘rnatilgan maxsus datchiklar hamda yo‘llardagi harakat holatini hisobga oluvchi prognoz algoritmlari orqali amalga oshirilmoqda. Ma’lumotlar muntazam yangilanib, yo‘lovchilarga aniq va dolzarb ma’lumot taqdim etiladi. O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovning ta’kidlashicha, raqamli yechimlar transportda harakatlanishni yanada qulaylashtirib, barcha fuqarolar uchun foydalanish imkonini yaratadi. Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov esa ayni paytda mazkur xizmat 230 ta marshrutda ishlayotganini va bu imkoniyatlar yanada kengaytirilishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning 13 ta shahrida avtobuslarni Yandeks servisida real vaqtda kuzatish imkonli bo‘ldi | Vaqt.uz