O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

24.02.2026 | 16:411 daqiqa

25–26-fevral kunlari yomg‘irlar tufayli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida 25–26-fevral kunlari kuchli yomg‘irlar kutilmoqda va bu tog‘oldi hamda tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfini oshirmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» rasman ogohlantirdi.

Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, respublika bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida ayrim hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

Avvalroq 24–27-fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi | Vaqt.uz