add

O‘zbekistonning Bokudagi yangi elchixonasi ochildi

03.07.2025 | 10:4010583

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahridagi yangi elchixona binosining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda ikki davlat rahbarlari do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida birgalikda tasma kesdi.

O‘zbekistonning Bokudagi yangi elchixonasi ochildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahridagi O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochish marosimida qatnashdi. Prezidentlar ramziy tasmani kesib, yangi diplomatik vakolatxona faoliyatiga rasman start berishdi. Tadbir doirasida davlat rahbarlari yangi bino sharoiti va uning jihozlanishi bilan tanishib, bu yerda diplomatlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar. Ular ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda elchixonaning roli muhimligini alohida ta’kidladilar. Elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalishi qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorabog‘ nomi berilgan zalni xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida ko‘rishni taklif qildi. Marosim yakunida Prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida ezgu tilaklarini yozib qoldirdilar. Bu voqea ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilida joylashgan ushbu yirik xalqaro kurort taqdim etildi. Majmua qariyb 500 gektar maydonni egallab, zamonaviy dam olish va sport infratuzilmasiga ega. Bu yerda 6,5 kilometrlik plyaj, 150 gektar yashil hududlar va 700 mingga yaqin daraxtlar borligi ma’lum qilindi. Prezidentlar majmua imkoniyatlarini yuqori baholadilar.

Teglar

Mavzuga oid