O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari I chorakda 881 mln dollarga yetdi
07.07.2025 | 11:0023033
O‘zbekistonning 2025 yil birinchi choragidagi yalpi tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan davlat tashqi qarzi 35,8 mlrd dollar, korporativ sektoriga tegishli qarz esa 32,6 mlrd dollar bo‘ldi.

Mahalliy va xalqaro iqtisodiy sharoitlar fonida foiz to‘lovlari ham sezilarli darajada o‘sgani qayd etilmoqda, deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.
Joriy yilning I choragida mamlakatning yalpi tashqi qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari 881 mln dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga yoki 98 mln dollarga ko‘pdir. Shuningdek, 2024 yilning IV choragiga nisbatan to‘lovlar 25,3 mln dollarga oshgani ma’lum qilindi.
Foiz to‘lovlari tuzilishida portfel investitsiyalar, jumladan, yevrobondlar bo‘yicha to‘lovlar katta ulushni egalladi. Ushbu yo‘nalishda foiz to‘lovlari 174 mln dollarga yetdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga, aniqrog‘i 89,3 mln dollarga oshdi. Boshqa turdagi investitsiyalar bo‘yicha esa to‘lovlar 707 mln dollarni tashkil qilib, 8,2 mln dollarga ko‘paydi.
Shu bilan birga, tashqi qarz bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkalarida tushish kuzatildi. Agar 2024 yil birinchi choragida o‘rtacha stavka 5,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 5,2 foizga pasaydi. Bu holat xalqaro moliya bozorlarida, xususan rivojlangan davlatlarda foiz stavkalarining pasayishi bilan izohlanadi.
Ammo mutaxassisning ta’kidlashicha, global noaniqliklar tufayli foiz stavkalari uzoqroq vaqt yuqori darajada saqlanib qolishi va kutilganidan kechroq pasayishi mumkin. Bu esa yaqin kelajakda O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari kutilgandan yuqori sur’atlarda o‘sishi xavfini keltirib chiqaradi.