add

O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Yevropa Ittifoqining 17-sanksiyalar to‘plamiga kiritilgan 75 ta kompaniya va shaxs orasida O‘zbekistondan ham yangi kompaniya bor.

O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi
Yevropa Ittifoqi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi sanksiyalar ro‘yxatida 8 ta davlatdan 75 ta jismoniy va yuridik shaxs qayd etildi. Ular orasida Rossiya, Belarus, Xitoy, Turkiya, BAA, Serbiya va Viyetnam bilan bir qatorda O‘zbekiston ham bor. Bu galgi ro‘yxatga 2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, elektron va telekommunikatsiya uskunalari hamda ehtiyot qismlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi Trade Engine System kompaniyasi ham kiritildi. Shu bilan Yevropaning rasmiy sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek kompaniyalari soni beshtaga yetdi. 2023 yildan buyon YeI sanksiyalarida Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC va Mvizion LLC kabi kompaniyalar qayd etilgan edi. 2025 yil fevralidan bu ro‘yxatga Uzstanex LLC ham qo‘shilgan. Shuningdek, Ukraina hukumati ham ayrim o‘zbek kompaniyalarini o‘zining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Ular qatorida «Ohangaronsement», qurilish texnikasi ijarasi bilan shug‘ullanuvchi Mercury Renaissance, yog‘och mahsulotlari va sellyuloza ishlab chiqaruvchi Raw Materials Cellulose hamda Farg‘ona kimyo zavodi bor.

Teglar

Mavzuga oid