
O‘zbeklar Labubu o‘yinchoqlariga 1,3 mlrd so‘m sarflashdi
Oxirgi ikki oy ichida O‘zbekiston aholisi 110 ming dollardan ortiq mablag‘ini Labubu brendi ostidagi o‘yinchoqlarga sarflagan. Bunday ommaviy xaridlar ortida marketpleyslar orqali trenddagi mahsulotlarning tez tarqalishi va internet savdosi infratuzilmasining kengayishi turibdi.

UZ24.uz saytiga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, Labubu o‘yinchoqlari ayni paytda O‘zbekistonda eng mashhur va ko‘p sotilayotgan tovarlardan biriga aylangan. Ushbu o‘yinchoq platformada may oyidan boshlab sotila boshlangan, shundan beri ikki oyga yetmagan vaqtda 110 ming dollar (1,387 mlrd so‘m)lik mahsulot xarid qilingan.
Labubu — xalqaro onlayn bozorlarda narxi 22 dollardan 900 dollargacha belgilangan kolleksion o‘yinchoqlar to‘plami hisoblanadi. O‘zbekistonda esa bu o‘yinchoqlarni 45 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.
Marketpleyslar orqali shunday trenddagi tovarlarning tez tarqalishi, internet savdosi infratuzilmasining kengayishi va tovarni qaytarish, sotuvchi bilan bog‘lanish kabi qulayliklar xaridorlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Rossiyada ham Labubu o‘yinchoqlariga talab keskin oshgan. Ikki oyda mamlakat aholisi 1,5 mlrd rubl sarflagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyada har o‘ninchi fuqaro bozorlardan Labubu sotib olgan.
Ma’lumot uchun, Bu o‘yinchoq aslida 2015 yilda hongkonglik rassom Kasing Lung tomonidan «The Monsters» nomli rasmli kitoblar uchun yaratilgan edi. 2019 yilda esa Pop Mart nomli kompaniya uni «ko‘r quti» uslubidagi to‘planadigan o‘yinchoq sifatida sotuvga chiqardi. «Ko‘r quti» shuni anglatadiki, xaridor qutini ochmaguncha uning ichida qanday o‘yinchoq borligini bilmaydi. Shu tarzda Labubu ommaviy mashhurlikka erishdi.





