add

«O‘zbekneftgaz» nihoyat AI-80 benzini sotuvini to‘xtatmoqda

02.09.2025 | 15:4531813

Kompaniya 2 sentyabrdan boshlab birja savdolarida faqat yuqori oktanli AI-92 benzinini taklif qila boshladi.

«O‘zbekneftgaz» nihoyat AI-80 benzini sotuvini to‘xtatmoqda
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati 2025 yil 2 sentyabrdan boshlab AI-80 rusumli benzinni birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida ma’lum qilindi. Qaror davlat rahbarining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida qabul qilingan. Mazkur dasturda atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» tamoyillariga asoslangan energetika siyosati yuritilishi belgilangan edi. Shu bois, kompaniya bosqichma-bosqich yuqori oktanli benzinga o‘tish jarayonini boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, endi birja savdolariga faqat Ai-92 rusumli benzin chiqariladi. Bungacha har kuni o‘rtacha 1000 tonna Ai-92 taklif etilgan bo‘lsa, hozirda bu hajm 1720 tonnaga yetkazilgan. Kompaniya ichki bozor talabidan kelib chiqib, ushbu hajmni yanada ko‘paytirish imkoniyati mavjudligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, avgust oyida tadbirkorlar tomonidan sotib olingan Ai-80 rusumli benzin hajmlari sentyabrda ham o‘z egalariga yetkazib beriladi. Bu jarayon amaldagilar va mavjud zaxiralar doirasida bajariladi. Mutaxassislar fikricha, yuqori oktanli benzinga o‘tish nafaqat muhitni muhofaza qilish, balki avtomashinalar samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

«O‘zbekneftgaz» nihoyat AI-80 benzini sotuvini to‘xtatmoqda | Vaqt.uz