Logo

«O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi

Kecha 11:201 daqiqa

Toshkent shahar sudi matbuot kotibining Vaqt.uz'ga ma’lum qilishicha, Siddiqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ayni paytda JIB Yashnobod tuman sudi ish yurituviga kelib tushgan.

«O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi © Ijtimoiy tarmoqlar

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining sobiq boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Bu haqda Vaqt.uz'ga Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Siddiqov bilan bog‘liq jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ish yurituviga kelib tushgan va mazkur ish bo‘yicha jami to‘qqiz nafar shaxs sudlanmoqda. Ular orasida «Enter Engineering Pte. Ltd» kompaniyasi bosh direktori Ulug‘bek Usmonov, «Eriell Management» MCHJ direktori Nodirjon Boboyev hamda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining sobiq o‘rinbosari Baxtiyor Anarkulov ham bor.

Akbarovning ma’lum qilishicha, Bahodirjon Sidiqov va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari hamda 243-moddasi bilan jinoyat ishi yuritilmoqda.

Sudlanuvchilarning besh nafariga nisbatan qamoqqa olish, qolgan to‘rt nafariga esa garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Teglar

Mavzuga oid

«O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi | Vaqt.uz