«Payme», «Click» va «Paynet»: 2026 yil boshida kim ko‘proq foyda qilmoqda

Bugun 13:251 daqiqa

«Click» foyda bo‘yicha «Payme»ni ortda qoldirgan bo‘lsa, «Paynet» foydasi 4 barobar o‘sib ketdi.

«Payme», «Click» va «Paynet»: 2026 yil boshida kim ko‘proq foyda qilmoqda © SI asosida yaratilgan

O‘zbekistondagi yirik to‘lov tashkilotlari 2026 yil I chorak uchun moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi.

Uch oy davomida «Click» foydasi 7,4 foizga oshib, 78,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Kompaniya daromadi esa 23,4 foizga ancha ko‘proq o‘sib, 209,4 mlrd so‘m bo‘ldi.

«Payme» sof foydasi 49,6 foizga o‘sib, 104 mlrd so‘mga yetdi. Buning natijasida kompaniya «Click»ni ortda qoldirishga erishdi. Uch oyda «Payme» daromadlari 52,3 foizga o‘sib, 230 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Uchlikning oxirgi vakili «Paynet» foydasi esa qolganlarga qaraganda sezilarli o‘sdi. I chorakda kompaniya foydasi 4 barobar ko‘paydi (+313,7 foiz) va 449,5 mlrd so‘mga yetdi. Daromad esa 44 foizga o‘sib, 558,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

I chorakdagi foyda «Paynet» uchun butun boshli 2025 yildagi sof foyda — 395,1 mlrd so‘mga nisbatan ham ko‘proq bo‘ldi.

Bu chorakda «Paynet» foydasi keskin o‘sishiga hisobotga dividend ko‘rinishida bir martalik — 321,1 mlrd so‘mlik mablag‘ qo‘shilgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «Paynet» 2025 yil boshida «Humo» to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib olgandi. Dividendni hisobga olmagan holda foyda 128,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Teglar

Mavzuga oid