add

Paynet, Click va Payme: fintex uchligi banklardan ham ko‘proq foyda qilmoqda

19.05.2025 | 17:0038914

O‘zbekistondagi yetakchi fintex kompaniyalar birinchi chorakda yuqori moliyaviy natijalarga erishdi. Paynet, Click va Payme kabi ilg‘or to‘lov platformalari ba’zi banklardan ko‘proq foyda ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi.

Paynet, Click va Payme: fintex uchligi banklardan ham ko‘proq foyda qilmoqda
2025 yilning birinchi choragida O‘zbekiston fintex bozorida faoliyat yurituvchi to‘rtta yirik to‘lov tashkiloti moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi. Ular orasida Paynet, Click va Payme moliyaviy samaradorlik bo‘yicha yetakchilikni mustahkamladi. Paynet kompaniyasi chorakni 108,6 mlrd so‘m foyda bilan yakunladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 foizga o‘sishni anglatadi. Kompaniya yaqinda Humo to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib olgani ham uning bozordagi mavqeini yanada kuchaytirdi. Click birinchi chorakda 73,2 mlrd so‘m foyda qayd etdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga ko‘proq. Biroq bu ko‘rsatkich Payme natijasidan biroz kam bo‘ldi. Payme foydasi 55 foizga oshib, 73,8 mlrd so‘mga yetdi. Har ikki kompaniya fintex bozorida o‘z pozitsiyasini barqaror saqlamoqda. Alif mobi uchun esa chorak unchalik muvaffaqiyatli kechmadi. Uning foydasi 83,1 foizga kamayib, 3,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past. Click, Payme va Paynet fintex bozoridagi o‘ziga xos «uchlik»ka aylandi. Ular birgalikda pul o‘tkazmalari va raqamli to‘lov xizmatlaridagi asosiy ulushni egallab, ayrim tijorat banklariga qaraganda yuqori foyda ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur trio 60 foiz banklardan ko‘proq foyda olgan. Bundan bir necha yil avval fintex ilovalar bank sektorini ortda qoldiradi, degan fikrlar xayolda ham yo‘q edi. Ammo hozirgi natijalar raqamli moliya xizmatlarining qanchalik tez sur’atda rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid