add

Peskov: Putin va Tramp sammiti 6–7 soat davom etishi mumkin

15.08.2025 | 22:307763

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSH prezidentlari sammiti bir qator uchrashuvlar, muzokaralar va matbuot anjumanini o‘z ichiga olgan holda taxminan 6–7 soat davom etishi kutilmoqda.

Peskov: Putin va Tramp sammiti 6–7 soat davom etishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Donald Tramp 15 avgust kuni Alyaskaning Ankoridj shahridagi Elmendorf–Richardson qo‘shma harbiy bazasida uchrashadi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, sammit dasturida bir nechta formatdagi uchrashuvlar rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab prezidentlar tet-a-tet muloqot qiladi. Ilk rejaga ko‘ra, bu faqat ikki rahbar o‘rtasida o‘tishi kerak edi, ammo hozirda yordamchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda. Keyin delegatsiyalar tarkibida muzokaralar, ehtimol, ishchi tushlik shaklidagi muhokamalar o‘tkaziladi. Sammit doirasida rahbarlar ma’lum vaqtga tanaffus qilib, keyin qo‘shma matbuot anjumanida ishtirok etadi. «Umuman olganda, barcha tadbirlarga kamida 6–7 soat sarflanishi mumkin», — dedi Peskov. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov esa uchrashuvning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladi. Bu Putin va Trampning avvalgi uchrashuvlaridan so‘ng ilk yirik sammiti bo‘lib, xalqaro maydonda katta e’tibor qaratilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid